Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Falastindagi vaziyat: dunyo davlatlari qanday fikrda?

Falastindagi vaziyat: dunyo davlatlari qanday fikrda?

Foto:«The Times»

AQShning Tel-Avivdagi elchixonasi Quddus shahriga ko‘chirilishiga qarshi chiqayotgan falastinliklarni Isroil harbiylari o‘ldirishda davom etmoqda. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Bugun, ya’ni 15-may kuni Quddus shahrida 52 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 2500 nafardan ziyodi og‘ir jarohat oldi. Dunyo afkor ommasi bu voqealar bo‘yicha o‘z fikrini bildirmoqda.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Turkiya prezidenti: «Isroilning bu xatti-harakati terrorchilarnikiga o‘xshaydi. Isroilning bu ishi qatliomdir. Rasmiy Tel-Avivning bu ishini qattiq qoralayman».

Segrey Lavrov, Rossiya tashqi ishlar vaziri: «Bir tomonlama harakat qila olmaysiz».

Germaniya tashqi ishlar vazirligi spikeri: «Quddus shahrini ham Isroilning, ham Falastinning poytaxti deya e’lon qilish bilan muammoni bartaraf etish mumkin».

Antonio Guterresh, BMT bosh kotibi: «G‘azo sektoridan kelayotgan xabarlar meni qayg‘uga solmoqda».

Muhammad Javod Zarif, Eron tashqi ishlar vaziri: «AQShning bu qarori juda xavfli».

Yevropa ittifoqi: «Isroil tinchlikparvar namoyishchilarni ta’qibga olmagani ma’qul».

Quvayt davlati BMT Xavfsizlik kengashini darhol yig‘ilish o‘tkazishga chaqirdi. Lekin bunga AQSh qarshi chiqdi.

Janubiy Afrika Respublikasi Tel-Avivdagi elchisini chaqirib oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring