Yevropadagi eng yirik AES. Zaporoje atom stansiyasida ikkita blok energiya tizimidan o‘chirildi
Ukrainaning Zaporoje atom elektr stansiyasi tunda va 25-fevral tongida beshinchi va oltinchi bloklarini mamlakat energiya tizimidan o‘chirib, zaxiraga oldi. Bu haqda stansiya matbuot xizmati xabar berdi.
Reglament tartiblariga muvofiq, operatsion xavfsizlik chegaralarini ta’minlash uchun, energobloklar tarmoqdan o‘chirilib, zaxiraga o‘tkazildi, deyiladi xabarda.
Hozir Zaporoje AESdagi to‘rtta energoblok ishlab turibdi. Generatorlarning umumiy quvvati 3,37 GVt.ni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter