Yevropada koronavirusni mushuklar tarqatyaptimi?
Koronavirusning yana bir xavfli tarqatuvchisi topildi. Polsha Sog‘liqni saqlash vaziri Lukash Shumovskiy «RMF» radiostansiyasi efiri orqali xonaki mushuklar koronavirusni tashiyotganini, so‘ngra mutatsiyaga uchrab, odamlar uchun xavf tug‘dirishini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, koronavirusning o‘ziga xosligi shundaki, u hayvonlardan yuqadi. Demak, mushaklarda ham uchrashi mumkin.
«Odatda viruslar mutatsiyaga uchraydi va odamni zararlashi mumkin, — deydi Shumovskiy. — Tana har doim ham yangi virusga yaxshi javob qaytarolmaydi, shu bois epidemiya kelib chiqadi, immun tizimimiz moslashmas ekan, virus mutatsiyaga uchramaydi va zaiflashmaydi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter