Evropada dengizi eng toza diyor
Kipr Respublikasi eng toza dengizga ega Yevropa mamlakati deb topildi. Yevropa atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi mutaxassislari turli mintaqalardagi suvlarning tozaligini baholashdi.
Ta’kidlanishicha, orol davlat suzish uchun eng qulay joy maqomini saqlab qoldi — respublikadagi 100 foiz plyajlarning suv sifati «a’lo» deb tan olingan.
Cho‘milish joylarining tozaligi bo‘yicha yuqori ballarni, shuningdek, Avstriya (97,7 foiz), Gretsiya (97,1 foiz), Malta (96,6 foiz), Xorvatiya (95,1 foiz) oldi.
Bundan tashqari, Yevropa qirg‘oqbo‘yi hududlarining 93 foizi suv sifati minimal talablariga javob bergani haqida ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter