Yevropa Rossiyaning «Katta yettilik»ka qaytishiga qarshi

Kanadada bo‘lib o‘tayotgan «katta yettilik» sammiti doirasida Germaniya kansleri Angela Merkel 8 iyun kuni Yevropaning 4 ta davlati (Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Germaniya) Rossiyaning «katta yettilik»ka qaytishiga qarshi ekanligini aytdi. Bu haqda Fransiyaning «Yevropa 1» radiosi xabar bermoqda. Bunga sabab esa Ukraina inqirozida oldinga siljishlarning ko‘rinmayotgani aytilgan.
«Biz Rossiyaning «katta yettilik»ka qaytishiga qarshi ekanligimizni ma’lum qilamiz. Chunki Ukraina mojarosini hal qilishda hech qanday oldinga siljishni ko‘rmayapmiz. Bu bizning umumiy pozitsiyamizdir», — degan u Kanadada davom etayotgan sammitda.
Avvalroq Italiya yangi hukumatining boshlig‘i Rossiyaning «katta yettilik»ka qaytishiga xayrixoh ekanini ma’lum qilgan edi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ham Rossiyani «katta yettilik»ka qaytarishga harakat qilishi haqida saytimizda xabar bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter