Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa mamlakatlari vaksinaning ortidan janjal ko‘tarishmoqda

Yevropa mamlakatlari vaksinaning ortidan janjal ko‘tarishmoqda

Foto: «Zen.yandex.ru»

Italiya koronavirusga qarshi vaksinani yetkazib berishni kechiktirgani bois Amerikaning Pfizer farmatsevtika kompaniyasini sudga bermoqchi, dedi Italiyaning mintaqaviy masalalar bo‘yicha vaziri Franchesko Bochcha. Bu haqda Rai News 24 telekanali xabar bergan.

«Biz Yevropa kelishuvlarida erishilgan munosabatlarda mamlakatimizga nisbatan hurmat va shaffoflikni talab qilamiz», — dedi Bochcha.

Siyosatchi dori-darmon yetkazib berishda ogohlantirishsiz bir tomonlama qisqartirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.

Avvalroq SARS-CoV-2 koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan Pfizer farmatsevtika kompaniyasi ishlab chiqarish modernizatsiya qilingunga qadar Yevropa mamlakatlariga preparat yetkazib berilishi kamaytirilishi haqida xabar bergan edi.

Firma buni ishlab chiqarish quvvatini kengaytirayotgani, yiliga 1,3 milliard doza o‘rniga 2 milliard doza dori ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani bilan izohlagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vaziyat fevral oyida o‘zgarishi kutilmoqda.

Pfizer va BioNTech kompaniyalari vaksina yetkazib berishni kamaytirganligidan g‘azablangan Daniya, Latviya, Litva, Finlyandiya, Shvetsiya va Estoniya Yevropa Komissiyasiga xat yuborishdi. Ular Yevropa Ittifoqining asosiy ijro etuvchi organini dori vositalarini yetkazib berishda barqarorlik va shaffoflikka erishish uchun kompaniyalarga bosim o‘tkazishga chaqirishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring