Yevropa kengashi nizomi hamda 20 ta xalqaro shartnomasi Rossiya uchun kuchini yo‘qotdi — Putin yangi qonunni imzoladi.
![Yevropa kengashi nizomi hamda 20 ta xalqaro shartnomasi Rossiya uchun kuchini yo‘qotdi — Putin yangi qonunni imzoladi.](https://static.xabaruz.com/crop/1/6/720_460_95_1698070039.jpg)
Bugun, 28-fevral sanasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ko‘plab qonunlarni imzoladi. Ulardan biri Yevropa kengashi nizomi hamda tashkilotning 20 ta xalqaro shartnomasi Rossiya uchun kuchini yo‘qotgani to‘g‘risidagi qonun.
Jami 21 ta hujjat denonsatsiya qilindi, ular jumlasida — terrorizmga barham berish hamda inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risidagi Yevropa xartiyasi, Yevropa ijtimoiy xartiyasi va boshqalar bor.
Putin, qolaversa, Rossiya tomoni jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi YeK konvensiyasini ham denonsatsiyalovchi qonunga imzo chekdi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 15-mart kuni Rossiya Yevropa kengashini tark etgan, 16-mart kuni tashkilot Rossiyani rasman a’zolikdan chiqargan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter