Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevroittifoq Ukrainaga yordam hajmi bo‘yicha AQShni ortda qoldirdi

Yevroittifoq Ukrainaga yordam hajmi bo‘yicha AQShni ortda qoldirdi

Foto: UKR.net

Yevropa Ittifoqi noyabr oyi oxirida Ukrainaga 18 mlrd yevro miqdorida yangi moliyaviy ko‘mak ajratilishini ma’lum qilganidan so‘ng Rossiya bilan urush davrida Kiyevga yordam hajmi bo‘yicha AQShni ortda qoldirdi. Germaniyaning Kil jahon iqtisodiyoti institutining yangilangan hisob-kitoblari shundan dalolat beradi.

24-fevraldan 20-noyabrga qadar Yevroittifoq muassasalari va a’zo-davlatlari Ukrainaga 51,8 mlrd yevro hajmida yordam berishdi yoki va’da qilishdi.

AQSh Kiyevga va’da qilgan yoki bergan harbiy, moliyaviy va insonparvarlik yordami hajmi esa 47,8 mlrd yevroni tashkil etdi.

Shunga qaramasdan, AQSh hanuz Ukraina uchun eng yirik harbiy ko‘mak donori bo‘lib qolmoqda. Shu paytgacha 22,9 mlrd yevrolik harbiy yordam ko‘rsatdi. YeIning harbiy ko‘magi esa 11,7 mlrd yevroga teng.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring