Etnik ukrainalik ayol NATO bosh kotibi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rilmoqda
Kanadaning CBC telekanali xabar berishicha, etnik ukrainalik ayol, Kanada bosh vaziri o‘rinbosari Kristia Friland NATO bosh kotibi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rilmoqda. U Ukrainaning jahon sahnasida eng faol tarafdorlaridan biri.
Amaldagi bosh kotib Yens Stoltenberg 1-oktyabrda iste’foga chiqishi kerak edi, biroq mart oyida sammit chog‘ida ittifoqchi davlatlar rahbarlari uning vakolatini 2023-yilning 30-sentyabrigacha uzaytirishga qaror qilishdi. Politico nashri esa 2021-yilda o‘z manbalariga tayanib Sharqiy Yevropadagi uch ayol siyosatchi – Xorvatiya va Litvaning sobiq prezidentlari Kolinda Grabar-Kitarovich va Dalya Gribauskayte, shuningdek, Estoniyaning sobiq rahbari Kersti Kalyulaydlarni NATOning navbatdagi bosh kotibi lavozimiga ehtimoliy nomzodlar bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan edi.
CBC telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, alyans shtab-kvartirasidagi manbalar Frilend bu lavozimga kuchli nomzod bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayollar «markazi»da ekanligini taxmin qilmoqda. Bryussel, Vashington va Ottavadagi kamida to‘rtta manba Friland xalqaro doiralarda Stoltenbergning ehtimoliy vorisi sifatida tilga olinganini da’vo qilmoqda.
Uning rus tilini va «Kreml ishi»ning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi katta afzallik bo‘lishi ta’kidlangan.
Biroq, Frilendning bu lavozimga qiziqishi hozircha aniq emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter