Eshonim deb eshagidan ayrilsinmi?
Yevropa ittifoqining Budjet va inson resurlari bo‘yicha komissari Gyunter Ettinger AQSh prezidenti Donald Tramning «Shimoliy oqim-2» loyihasi xususidagi tanqidlariga izoh berar ekan, uning gaplari behuda ekanini ta’kidladi.
Amaldor Germaniyaning «Der Spiegel» agentligiga bergan intervyusida shunday dedi: «Men loyiha tarafdori bo‘lmasam-da, aytishim shart: uning ijrosiga allaqachon kirishilgan, qurilish ishlari kelasi yili yakunlanadi. Demak, loyihani to‘xtatishning ilojisi yo‘q!».
«Shimoliy oqim-2» loyihasi G‘arbiy Yevropani Rossiya gazi bilan ta’minlash imkonini beradi. Gaz quvurlari Yevropaning beshta davlati hududidan o‘tadi. Hozircha to‘rt davlat bunga rozilik bergan, faqat Daniya oyoq tirab turibdi. AQSh prezidenti bu loyihani tanqid qilar ekan, «Shimoliy oqim-2» YeIga a’zo qator davlatlarning Rossiyaga nisbatan tobeligini oshiradi, agar loyiha to‘xtatilsa, bu mamlakatga qo‘llanayotgan sanksiyalarning «dodasi» bo‘lishini bildirgan edi. Biroq unga hammayam quloq solishga shoshilmayapti. Rost-da, sanksiyalar o‘z yo‘liga, ammo har bir davlat avvalo o‘z manfaatlarini o‘ylashi kerak: eshonim deb eshagidan ayriladigan ahmoq yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter