Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erondagi gaz quvurida portlash yuz berdi

Erondagi gaz quvurida portlash yuz berdi

Eronning Borujen shahridagi magistral gaz quvurida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Mehr agentligi shahar hokimi Fattoh Karmiyga tayanib xabar bermoqda.

Quvurning ushbu qismida gaz ta’minoti to‘xtatilgan. Voqea joyida qutqaruv va o‘t o‘chirish brigadalari ishlamoqda. «Quvurlarda gaz tugaguniga qadar olov yonadi», dedi mer.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Qo‘shimcha qilishicha, gaz quvuri yaqinidagi yo‘ldan o‘tayotgan transport vositalariga ham zarar yetmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring