Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erondagi fojia qurbonlari soni ikki barobarga oshdi

Erondagi fojia qurbonlari soni ikki barobarga oshdi

Eronning Kirmon shahrida, general Sulaymoniy qabri yaqinidagi portlashlarda halok bo‘lganlar soni 103 kishiga yetdi. 

Shuningdek, 170 kishi jabrlangan. 

Dastlab 53, so‘ngra esa 73 kishi qurbon bo‘lgani xususida xabar berilgandi. Portlashlar Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi generali Qosim Sulaymoniyni xotirlash uchun minglab kishilar yig‘ilgan vaqtida sodir bo‘lgan. 

Eron bosh prokuraturasi mazkur hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi. Terakt tashkilotchilari hususida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi generali Qosim Sulaymoniy 2020-yil 3- yanvarda Iroq hududida, Donald Tramp prezidentligi vaqtida o‘ldirilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring