Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda yarim yil ichida ikkinchi sportchi qatl etildi

Eronda yarim yil ichida ikkinchi sportchi qatl etildi

Foto: NCRI

Eronning Dizful shahridagi qamoqxonada 30 yoshli kurashchi Mahdi Ali Husayniy qatl etildi. Bu haqda Eron milliy qarshilik kengashi (NCRI) ma’lum qildi.

Husayniy 2015-yilda ommaviy mushtlashuv chog‘i odam o‘ldirishda ayblangandi. Eronlik mashhur kurashchi, Olimpiya, jahon va Osiyo chempioni Hamid Suryon qurbonning oilasidan sportchiga shafqat so‘ragandi, ammo oila Husayniyni kechirmadi. Shu bois o‘lim hukmi kuchida qoldirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning sentyabrida eronlik yana bir kurashchi, 27 yoshli Navid Afkariy qatl etilgandi. 2018 yilda hukumatga qarshi aksiyalarda faol ishtirok etgani uchun sportchining ustidan shunday hukm chiqarilgandi. Unga ham qotillik aybini qo‘yishgan, ammo huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarga ko‘ra, Afkariyning iqrori qiynoqlar hosilasidir, aslida buning zamirida siyosiy maqsadlar yotibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring