Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda yadro inshooti portladi, hodisaga Isroil aybdor sifatida ko‘rsatilmoqda

Eronda yadro inshooti portladi, hodisaga Isroil aybdor sifatida ko‘rsatilmoqda

Foto:«Reuters»

Eronning Natanz shahrida joylashgan yadro inshootida portlash sodir bo‘ldi. New York Times nashrining AQSh ma’muriyatidagi manbasiga ko‘ra, portlashda bevosita Isroil aloqador bo‘lishi mumkin. 

«Kan» teleradiokompaniyasining ham razvedka manbalariga asoslanib ma’lumot berishicha, Natanz voqeasi ortida go‘yoki Isroil turibdi.

NYT manbasi hozircha voqea haqidagi ma’lumotlar hozircha faqat taxminlardan iboratligini ta’kidlagan. Natanzdagi elektr energiyasining uzilishi «puxta rejalashtirilgan portlash» oqibatida yuz bergan. Amerika va Isroil razvedkasi rasmiylari gazetaga bergan xabarida «Bunda Isroilning o‘rni bor» deya ta’kidlagan.

NYT razvedka manbalarining ta’kidlashicha, «katta portlash» ichki elektr tarmog‘iga o‘ta jiddiy zarar yetkazgan.

Portlash Eronning uranni boyitish qobiliyatiga jiddiy zarba bergan. Natanz inshootining tiklanishi uchun kamida to‘qqiz oy vaqt kerak bo‘ladi.

Isroil rasmiylari Eronda sodir bo‘lgan voqealarga aloqadorligi haqidagi so‘roviga javob berishdan bosh tortganlar. Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi matbuot xizmati ham ushbu voqeaga izoh bermagan. 

Eron vitse-prezidenti va atom energiyasi tashkiloti rahbari Ali Akbar Solihiy voqea tahdid va «yadroviy terrorizm»ning bir namoyishi ekanligini aytgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring