Eronda qurg‘oqchilik tufayli aholi namoyishga chiqdi
![Eronda qurg‘oqchilik tufayli aholi namoyishga chiqdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/6/720_460_95_3634891433.jpg)
Eronda qurg‘oqchilik tufayli mamlakatning janubi-g‘arbidagi shaharlar aholisi ko‘chalarda namoyish o‘tkazdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Eronning Huziston viloyati «Xurramshahr» masjidi oldiga to‘plangan aholi sho‘r suv hamda qurg‘oqchilik tufayli namoyish uyushtirdi.
«Uquvsiz rahbarlarni xohlamaymiz. O‘g‘rilar dinni niqob qilib olib bizni chuv tushirishdi», – deya baqirishgan namoyishchilar.
Huziston viloyatiga qarashli Obodon shahrida ham o‘tgan hafta xuddi shunday holat kuzatilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter