Eronda qotil ota-ona qo‘lga olindi
Eronda ota uylanishni istamagan o‘g‘lini o‘ldirdi, deb yozadi Nation News.
Gazetaning yozishicha, eronlik 47 yoshli kinorejissyor Babak Hurramdin Buyuk Britaniyadan vataniga qaytib kelgan. Ota o‘g‘lini uylanishga majburlay boshlagan, lekin qat’iy rad javobini olgan. Erkaklar janjallashib qolishgan. Oqibatda jazavaga tushgan ota o‘g‘liga pichoq tiqib olgan. Politsiya rejissyorning jasadini Tehronning chekka bir joyidan topdi.
Keyinchalik oila boshlig‘i uch yil oldin rafiqasi bilan birga qizini, o‘n yil oldin esa kuyovini o‘ldirganini tan oldi. Qotillar ushlangan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter