Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda 36 kishi aroqdan zaharlanib o‘lishdi. Ular alkogol koronavirusdan qutqaradi deb o‘ylashgan

Eronda 36 kishi aroqdan zaharlanib o‘lishdi. Ular alkogol koronavirusdan qutqaradi deb o‘ylashgan

Foto: «Ru.slovoidilo.ua»

Eronning Xuzestan provinsiyasida qo‘lbola aroqdan zaharlanib vafot etganlar soni 36 kishiga yetdi, deya xabar berdi «IRIB» teleradiokorporatsiyasi.

«Afsuski, Xuzestanda 36 kishi qo‘lbola alkogoldan zaharlanish natijasida hayotdan ko‘z yumishdi», — deya ma’lum qildi tibbiy fanlar universiteti vakili.

Uning ta’kidlashicha, so‘nggi kunlarda alkogoldan zaharlangan 170 kishi shifoxonaga murojaat qilgan. Halok bo‘lganlarning o‘rtacha yoshi 31 ni tashkil etadi.

Bundan tashqari, dushanba kuni Alborz provinsiyasi prokuraturasi Tehron yaqinida yetti kishi metil spirtidan zaharlanib hayotdan ko‘z yumganini ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, halok bo‘lganlar internet orqali metanol koronavirusga qarshi dori sifatida yordam beradi, degan xabarga chippa-chin ishonishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring