Eronda 1450 kilometrgacha uchuvchi ballistik raketa ishlab chiqildi

Bugun, 9 fevral kuni Eronda 1450 kilometrgacha uchuvchi yangi ballistik raketa — «Xaybarshekan» («Qal’abuzar») taqdim etildi. Bu haqda «Tasnim» nashri xabar berdi.
Raketa qattiq yonilg‘ida ishlaydi, raqibning mudofaa qalqonini yorib o‘tishga qobil yuqori harakatlanuvchanlikka ega, deyiladi xabarda.
Zamonaviy ishlanmalar natijasida, Eronning oldingi raketalariga nisbatan, yangi raketa vazni uchdan ikkiga yengillashgani, parvozga tayyorlanish vaqti esa olti baravar qisqargani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter