Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron yadroviy kelishuvga qaytishning bitta shartini ma’lum qildi

Eron yadroviy kelishuvga qaytishning bitta shartini ma’lum qildi

Foto: «Twitter.com»

Eron va «oltilik» o‘rtasidagi dastlabki yadroviy kelishuv hatto uch yil davom etmagan bo‘lsa-da, Tehron yana o‘zaro kelishuvga qaytishga tayyor. Ammo buni istaganlar bitta shartni bajarishlari kerak bo‘ladi.

Hukumat yig‘ilishida so‘zga chiqib, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy agar boshqa ishtirokchilar o‘z majburiyatlarini bajarishni boshlasalar, Eron ham yadroviy kelishuv dasturiga qaytishga tayyor ekanligi haqida aytib o‘tgan.

«Biz har doim aytganmiz, agar hamma o‘z majburiyatlarini bajarishni boshlasa, biz ham bir soatdan keyin o‘z va’damizni bajarishga kirishamiz», — deb ishontirgan Ruhoniy.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki kelishuv 2015-yilda Eron, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, AQSh, Fransiya va Xitoy o‘rtasida tuzilgan edi. Biroq 2018-yil may oyida Vashington bitimdan chiqib ketdi va nizolar ostida darhol Tehronga qarshi sanksiyalarni e’lon qilgan edi.

2019-yilda bitim shartlari boshqa a’zolar tomonidan bajarilishda davom etsa, Eron ham o‘z vazifasini bajarishga tayyor ekani haqida eslatib o‘tgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring