Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron va Saudiya Arabistoni diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib oldi

Eron va Saudiya Arabistoni diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib oldi

Eron va Saudiya Arabistoni vakillari Pekindagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot imzoladi va mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib oldi. Bu haqda Eronning Tasnim agentligi xabar bermoqda.

Bayonotga ko‘ra, tomonlar diplomatik munosabatlarni tiklash, shuningdek, ko‘pi bilan ikki oy ichida o‘z elchixonalari va diplomatik vakolatxonalarini ochishga kelishib olgan. Tashqi ishlar vazirlari kelishuvni amalga oshirish tafsilotlarini, shuningdek, elchilar almashinuvini kelishib olishlari kerak.

Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Shohmoniy va Saudiya Arabistoni milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Musad Al Ayban o‘rtasidagi muzokaralar 6-10 mart kunlari bo‘lib o‘tgan.

Ma’lumot uchun, Er-Riyad 2016 yilning yanvar oyida Eron rasmiylari shia ruhoniysi Nimr an-Nimrning qatl etilishini tanqid qilganidan so‘ng, Saudiya Arabistonining Eron poytaxtidagi elchixonasi yoqib yuborilgan. Shunda keyin ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar ipi taranglashib, Saudiya Arabistoni Tehron bilan diplomatik aloqalarni uzgan edi,

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring