Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron prezidenti xalqidan uzr so‘radi

Eron prezidenti xalqidan uzr so‘radi

Foto: «Fair.ru»

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy hokimiyatda bo‘lgan vaqtidagi xatolari uchun vatandoshlaridan uzr so‘radi.

Davlat rahbari o‘z lavozimini 3-avgustda tark etadi.

«Siyosatimizda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildik. Mabodo ular bo‘lgan taqdirda ham, men buning uchun xalqdan kechirim so‘rayman», — dedi Ruhoniy.

Aholi mamlakatdagi turmush darajasidan norozi.

Ruhoniyning ta’kidlashicha, Eron AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp joriy etgan sanksiyalar bosimi ostida bo‘lgan. U o‘z vatandoshlarini shuni inobatga olib nimalarga erishilganiga e’tibor berishga chaqirdi.

Ibrohim Raisi — Eronning yangi prezidenti. U 18-iyul kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozondi.

Ruhoniy 2013-yili Eronda davlat rahbari lavozimini egallagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring