Eron prezidenti: «Telegram»ni hukumat bloklagani yo‘q»

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakatda «Telegram» messenjerining bloklanishida hukumatning aloqasi yo‘qligini bildirdi. Bu haqda Ruhoniyning «Instagram»dagi sahifasi ma’lumotiga asoslanib, «Gazeta.ru» xabar qilmoqda.
«Shu vaqtga qadar birorta messenjer yoki ijtimoiy tarmoq hukumat tomonidan bloklanmadi, bloklanmaydi ham. «Telegram»ning bloklanishi hukumat tazyiqi yoki uning xayrixohligida o‘tkazilmagan», — deya yozgan Ruhoniy.
Uning fikricha, sud mazkur hukm yuzasidan mustaqil qaror chiqargan.
30 aprel kuni Eronda «Telegram» messenjeri milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bloklangani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter