Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Eron prezidenti bilan uchrashmasligini ma’lum qildi

Tramp Eron prezidenti bilan uchrashmasligini ma’lum qildi

Foto: «nv.ua»

AQSh prezidenti Donald Tramp eronlik hamkasbi Hasan Ruhoniy bilan uchrashish uning rejasida yo‘qligini ma’lum qildi.

«Talablarga qaramasdan, menda Hasan Ruhoniy bilan uchrashish rejasi yo‘q. Ehtimol, kelajakda biror kun uchrashib qolarmiz. Eshitishimcha, u ajoyib inson ekan», – deb yozgan Tramp «Twitter»da. ‏

Avvalroq AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Tehron Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan BMT Bosh Assambleyasi sammiti doirasida uchrashishini so‘raganini ma’lum qilgan edi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi esa ushbu ma’lumotni rad etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring