Eron Isroilga qachon hujum boshlashi mumkinligi aytildi
AQSh va Isroil 5-avgust, dushanba kuni Ismoil Haniyaning o‘ldirilishiga javoban Eron zarba berishini kutmoqda, degan Axios’ga amerikalik va isroillik uch manba.
3-avgust kuni AQShning mintaqadagi kuchlari uchun mas’ul amerikalik general Maykl Kurilla Yaqin Sharqqa yetib keldi. Axios nashrining yozishicha, uning safari rejalashtirilgan edi, ammo endi maqsad o‘zgardi: u Eronning ehtimoliy hujumini qaytarish uchun ittifoqchilar koalitsiyasini safarbar qilishga harakat qiladi.
Taxminlarga ko‘ra, Tehronning hujumi apreldagi avvalgi ssenariy bo‘yicha amalga oshiriladi, biroq u yanada keng ko‘lamli bo‘ladi va unda Eronga hayrihoh "Hizbulloh" guruhi ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Tehronda HAMAS guruhining siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xaniya o‘ldirildi. Aytilishicha, uning xonasiga avvaldan bomba o‘rnatilgan. Eron tomoni mazkur qotillikda Isroilni ayblab chiqdi. Isroil esa hech qanday rasmiy izoh bermadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter