Eron intiqom oldi: bugun IShIDning 8 a’zosi osildi
O‘tgan yili Eron parlamentiga hujum uyushtirgan hamda Eronning sobiq diniy rahnamosi Oyatulloh Humayniy qabri oldida bomba portlatgan 8 nafar IShID a’zosi o‘lim jazosiga hukm qilingani haqida shu yil 14-may kuni saytimizda xabar bergan edik.
Bugun o‘sha 8 kishi osildi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
2017-yil 7-iyun kuni uyushtirilgan hujum oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan edi.
Qo‘poruvchilik harakati uchun javobgarlikni IShID terrorchi guruhi o‘z zimmasiga olgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter