Eron Armanistonni Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjonga qaytarishga chaqirdi
Tehron Yerevanni Tog‘li Qorabog‘ hududini Bokuga qaytarishga chaqirdi. Bu haqda Eron yetakchisining xalqaro masalalar bo‘yicha maslahatchisi Ali Akbar Velayati ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Armaniston, barcha mamlakatlar singari, BMT qarorlarini bajarishi shart. Shu bilan birga, Tog‘li Qorabog‘ni qaytarish to‘g‘risidagi qaror zinhor harbiy yo‘l bilan amalga oshirilmasligi kerak. Tehron Boku bilan Yerevan o‘rtasidagi ziddiyatdan manfaatdor emas.
Bundan tashqari, Velayati ayrim davlatlarni hududdagi keskinlikni oshirishda ayblamoqda. Maslahatchi Anqarani jangovar harakatlarni to‘xtatishga yordam berishga chaqirib, Tehron ham ziddiyatni hal qilishga ko‘maklashishi mumkinligini bildirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar paytida otilgan snaryadlar Eron hududiga ham kelib tushgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter