Erdo‘g‘on va Bashar Asadning Samarqandda uchrashishi haqidagi xabarlar rad etildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Suriya rahbari Bashar Asadning Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti doirasida uchrashuvi haqidagi xabarlar rad qilindi.
Raddiya Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho‘g‘li tomonidan berilgan.
«Sammit doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Bu to‘g‘ri emas. Bashar Asad u yerga taklif qilinmagan», – deydi Mavlud Chavusho‘g‘li Haber Global telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval Eronning «Tasnim» va boshqa qator nashrlar Erdo‘g‘on va Asad uchrashuvi va uchrashuv bo‘lib o‘tadigan sanalarni ham e’lon qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter