Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on Ukrainaning NATOga kirishiga qarshi bo‘lganlar haqida gapirdi

Erdo‘g‘on Ukrainaning NATOga kirishiga qarshi bo‘lganlar haqida gapirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Ukrainaning NATOga kirishiga qarshi bo‘lgan davlatlar haqida gapirdi

Ukrainaning NATOga kirishi masalasini tezda hal qilib bo‘lmaydi, dedi Turkiya prezidenti. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va alyansga a’zo boshqa ba’zi davlatlar postsovet respublikasining Shimoliy Atlantika blokiga a’zo bo‘lishini istamaydi.

«Birinchidan, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini istamaydi. NATOning qator davlatlari Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishini istamaydi. Biz mavjud voqeliklardan kelib chiqib qaror qabul qilishimiz kerak. Bular shoshilish kerak bo‘lgan masalalar emas... Va biz qaror qabul qilganda har doim boshqa a’zo davlatlarning pozitsiyasini hisobga olamiz, munozarali masalalarni muzokaralar stolida muhokama qilamiz va shundan so‘ng yakuniy qaror qabul qilamiz», — deya Turkiya rahbaridan iqtibos keltirmoqda Amerikaning NBC telekanali.

Avvalroq, janob Erdo‘g‘on Nyu-Yorkda ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng, g‘alla bo‘yicha kelishuvning qayta tiklanishi va Ukrainadagi mojaro hududida sulhga erishishga yordam berishga va’da bergan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring