Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on sog‘lig‘i bo‘yicha yangi xabar taqdim etildi

Erdo‘g‘on sog‘lig‘i bo‘yicha yangi xabar taqdim etildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning ahvoli yaxshilandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Hoja.

Bu haqda TRT telekanali xabar tarqatgan. Vazirga ko‘ra, davlat rahbarida ma’lum bir infeksiya bor.

«Bugun ertalab men u bilan birga edim. Prezidentning salomatligi yaxshi. Infeksiyaning tanaga ta’siri kamaydi. Yaqin kelajakda u (saylov kampaniyasi doirasida) faoliyatini davom ettiradi», deydi vazir.

Shuningdek, Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon muloqoti o‘tkazgan va don kelishuvi, qator siyosiy masalalarni muhokama qilgan. 

Avvalroq, Erdo‘g‘on ma’muriyatining dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi siyosatchining yurak xurujiga uchragani va ahvoli yomonlashgani haqidagi xabarlarni rad etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring