Erdo‘g‘on talabalar bilan iftorlik qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Beshiktoshdagi talabalar uyiga tashrif buyurib, talabalar bilan iftorlik qildi. Unga matbuot kotibi Ibrohim Kalin ham hamrohlik qilgan.
Ramazon oyining mo‘’tabar an’anasi sanalgan iftor dasturxoni bahonasida Erdo‘g‘on talabalar bilan suhbatlashib, ularning fikrlariga quloq tutgan.
Turkiya rahbarining Ramazonda oddiy xalq vakillari bilan birgalikda og‘iz ochishi an’anaga aylangan deyish mumkin. O‘tgan yili ham u rafiqasi bilan Anqara shahridagi kamtarona hayot kechiruvchi xonadonlardan birida iftorlik qilgani xabar qilingan edi.
Darvoqe, o‘tgan yili prezident Erdo‘g‘on Milliyatchi harakat partiyasi (MHP) raisi Davlat Bahcheli bilan o‘zbek o‘tovida tashkil etilgan iftor dasturxonida uchrashgandi. O‘shanda muhim siyosiy uchrashuv, boz ustiga, muqaddas Ramazon oyidagi iftorlik dasturxoni aynan o‘zbek o‘tovida tashkil etilgani qardosh xalqqa ehtirom namunasi deb baholangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter