Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on Putinning Xerson viloyati bo‘yicha qarorini olqishladi

Erdo‘g‘on Putinning Xerson viloyati bo‘yicha qarorini olqishladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning qo‘shinlarni Dnepr orqali Xerson viloyatidan olib chiqish qarorini olqishladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

«Rossiyaning bu qarori ijobiy qaror. Agar Putin G20 sammitida ishtirok etsa, u yerda Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilamiz, bo‘lmasa, telefon orqali aloqalarni davom ettiramiz”, deydi Turkiya prezidenti.

Ma’lumot uchun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga bormaydi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi qo‘shinlar qo‘shma guruhi qo‘mondoni Sergey Surovikinning hisobotidan so‘ng, urushning birinchi kunlarida bosib olingan Xersondan rus qo‘shinlarini olib chiqishni boshlash haqida buyruq bergan eli.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring