Erdo‘g‘on Putin va Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilmoqchi

Bugun Turkya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya va Ukraina davlat rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin ma’lum qildi.
«Prezidentimiz ertaga Putin va Zelenskiy bilan telefon orqali gaplashishni rejalashtirmoqda», deydi Turkiya prezidenti matbuot kotibi NTV telekanali efirida.
Kalinning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya tomoni Ukrainada harbiy harakatlar kuchayishi mumkinligidan xavotirda va Anqara Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
«Tomonlarni chinakamiga birlashtirgan yagona tinchlik va muzokara stoli Turkiyada tashkil etilgan. Avval Antaliyada, keyin Istanbulda. Afsuski, davomi bo‘lmadi, lekin sizlarga ma’lumki, prezidentimiz bir necha bor ikki yetakchini uchrashuvga chaqirdi va biz bu chaqiriqni takrorlashda davom etamiz», – deya qo‘shimcha qildi Kalin.
Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Federatsiyasi va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasidagi suhbat 4 yanvarga belgilanganini tasdiqladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter