Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Erdo‘g‘onga Nobel berish kerak»...

«Erdo‘g‘onga Nobel berish kerak»...

Foto: «Gazeta.ru»

Turk siyosatchilari mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni Nobel tinchlik mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shishmoqchi.

Erdo‘g‘on Rossiya va Ukrainani yarashtirish uchun o‘z vaqtida AQSh prezidenti Barak Obama Isroil-Falastin nizosini hal qilishga qo‘shgandan-da katta hissa qo‘shdi, deb hisoblaydi Turkiyadagi yetakchi Adolat va taraqqiyot partiyasi.

Barak Obama 2009-yili Nobel tinchlik mukofoti bilan taqdirlangan.

Partiyaning tashabbusini Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li qo‘llab-quvvatladi. «Hurriyet» gazetasiga intervyusida aytishicha, Obama «aslida hech narsa qilmagan».

«Biroq bizning prezident Nobel olishga arzigulik ko‘p ishlar qilib qo‘ydi», — dedi vazir.

Erdo‘g‘onning o‘zi esa mukofotni berishsa, olmayman, deb oldin ko‘p aytgan ekan...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring