Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on 2023-yilda Oyga borishga va’da berdi

Erdo‘g‘on 2023-yilda Oyga borishga va’da berdi

Foto: «Zen.yandex.ru»

Turkiya 2023-yil oxirigacha Oyga kosmik kemani ekspeditsiyaga yuboradi, u qattiq qo‘nishni amalga oshiradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on yangi Milliy kosmik dastur taqdimotida aytib o‘tdi, deya xabar berdi Anadolu axborot agentligi.

«Bizning maqsadimiz — 2023-yil oxirida respublikaning 100 yilligi sharafiga Oyga qattiq qo‘nishni amalga oshirish. Bu birinchi qadam. Ikkinchi bosqich — yumshoq qo‘nish. Muhandislarimiz Oyga apparatni tushira olishiga ishonaman», — deya ta’kidladi prezident.

Dastur, shuningdek, meteorologik sun’iy yo‘ldoshlarni rivojlantirish va kosmik soha uchun kadrlar tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Erdo‘g‘on Anqara sun’iy yo‘ldoshlardan olingan ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashiga va’da berdi.

Yanvar oyi oxirida Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask telefon orqali Erdo‘g‘on bilan suhbatlashgani haqida xabarlar tarqaldi. 8-yanvar kuni SpaceX Falcon 9 raketa tashuvchisini Turkiyaning Turksat 5A aloqa sun’iy yo‘ldoshi bilan uchirdi. Raqamli televideniya va keng qamrovli Internet xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldosh 2021-yilning ikkinchi yarmida ish boshlaydi. Bu orbitadagi to‘rtinchi turk kosmik kemasi bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring