Yer yorilib, ikkita uyni yutib yubordi (video)
Ekvadorning Saruma shahrida yer yuzasida ulkan yoriq paydo bo‘ldi. Madaniy meros ob’yekti sifatida tasniflangan ikkita uy tubsizlikka qulab tushdi. Bu haqda Yesoreiter.ru ma’lum qilmoqda.
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va boshqa favqulodda xizmat xodimlari yetib borib, yaqin atrofdagi binolardagi aholini evakuatsiya qilishgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Qulash videosi Twitterda e’lon qilingan.
Sarumaliklar bu hududda noqonuniy kon qazib olish ularning hayotini xavf ostiga qo‘yayotganini da’vo qilmoqda. Shunga o‘xshash hodisalar 2017 yilda ham sodir bo‘lgan, o‘shanda maktabni yer yutib yuborgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shni binolardan 300 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter