YOII mamlakatlarida inflyasiya darajasi e’lon qilindi
Qozog‘iston milliy statistika idorasi 2022-yil avgust oyi holatiga YOII mamlakatlarida yillik inflyasiya darajasi haqida ma’lumotlarni e’lon qildi.
Bu mamlakatlar orasida eng yuqori inflyasiya yillik kesimda Belarusda kuzatildi — 17,9 foiz, ikkinchi o‘rinda — Qozog‘iston (16,1 foiz), uchinchi — Qirg‘iziston (15,6 foiz).
Keyingi o‘rinlarda: Rossiya (14,3 foiz) va Armaniston (9,1 foiz).
Bu davrda YOII zonasida oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklar Qozog‘istonda (21 foiz), alkogol ichimliklar va tamaki mahsulotlari Qirg‘izistonda (18,6 foiz), uy-joy xizmatlari Belarusda (13,8 foiz) eng ko‘p qimmatlashgan.
Transport xizmatlari Belarusda (28,1 foiz), kiyim-kechak va poyabzal Qozog‘istonda (11,7 foiz) hammadan ko‘p qimmatlashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter