Dunyoning eng uzun aviayo‘li O‘zbekiston osmonidan o‘tadi
Jahondagi eng uzun aviayo‘nalish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Bloomberg» xabar berdi.
Gonkongning «Cathay Pacific» aviakompaniyasi Gonkong–Nyu-York reysini yangitdan tashkil qilmoqchi: 16 618 kilometr masofalik parvoz 17 soat davom etadi (suratda). Aviakompaniya Rossiya hududini kesib o‘tmaslik uchun shu yo‘lni tutishga qaror qildi — sanksiyalarga qadar ikki shahar o‘rtasidagi parvozlar Arktika va RF havo kengliklari bo‘ylab amalga oshirilgan. Eski yo‘nalish 3 628 kilometrga qisqaroq va parvozga 15 soat atrofida vaqt ketgan.
Xorij aviakompaniyalari Rossiya—Ukraina harbiy-siyosiy inqirozi oqibatida ortiqcha xarajatga tushayotgan bir pallada, Rossiya aviatashuvchilari orasida royalti huquqiga ega «Aeroflot» yaxshigina daromadidan ayrildi — kompaniya sovet zamonlaridan buyon xorij aviakompaniyalari Transsibir aviayo‘nalishlaridan foydalangani uchun «parvoz haqi»ni olib kelgan. Pandemiyaga qadar bu miqdor yiliga chamasi $400–800 million bo‘lgan.
Biz uchun muhimi, dunyoning eng uzun aviayo‘li O‘zbekiston osmonidan o‘tishi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter