Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng ulkan aysberg erimoqda

Eng ulkan aysberg erimoqda

Foto:«Sabah.com»

2000-yili Antarktidadan qo‘porilib chiqqan 11 ming kvadrat kilometrlik eng ulkan «V-15» aysbergi erib borayapti. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

NASA — Aeronavtika va fazoni tadqiq qilish milliy boshqarmasi dunyodagi eng ulkan aysberg yaqin orada erib yo‘q bo‘lib ketishini ma’lum qildi.

2000 yili Antarktidaning Ross muzliklaridan parchalanib, 18 yil mobaynida ummonlarda 10 ming kilometr suzgan aysberg erib borayapti.

11 ming kvadrat kilometrlik aysbergning sathi Yamayka davlati hududidan katta.

Mutaxassislar «muz tog‘i»ga «V-15» kodini bergan. Ross muzliklaridan 2000-yili ajralgan aysberg 2005-yil oktyabr oyida parchalana boshlagan edi. Tropik suv oqimlari aysbergning erishini tezlashtirmoqda.

«Tropik suv oqimlari ulkan aysbergni pichoq kabi kesib, kichraytirib bormoqda», — deydi NASA mutaxassisi Kelliy Brunt.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring