Eng madaniyatli va tarbiyasiz sayyohlar aniqlandi

«Biletix» portali eng madaniyatli va tarbiyasiz sayyohlarni aniqladi.
So‘rovnomaga ko‘ra, eng tarbiya ko‘rmagan sayyohlar dunyoning uch yirik mamlakati fuqarolari — rossiyaliklar, xitoyliklar va amerikaliklar.
Eng qizig‘i, yuqoridagi mamlakatlardan keluvchi sayyohlarga nafaqat mahalliy aholi, balki ularning o‘z yurtdoshlari ham past baho qo‘ygan. Masalan, «Siz rossiyalik sayyohlarni xushmuomala va tarbiyali sayyohlar deb hisoblaysizmi?» degan savolga ularning vatandoshlari 44 foiz holatda «yo‘q» deb javob berishgan, faqat 33 foizi bu fikrga qo‘shilgan.
Rossiyalik sayyohlarning basseynga shaloplab tushish, sigareta qoldig‘ini qumga ko‘mib qo‘yish kabi xurmacha qiliqlari mezbonlarni ko‘proq ranjitmoqda, xitoyliklar esa juda baland ovozda gaplashib, sekin yurishlari bilan boshqalarning g‘ashini keltirarkan.
Yaponlar, nemislar va fransuzlar o‘zlari borgan yurtlarda eng madaniyatli sayyohlar sifatida taassurot qoldirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter