Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng kuchli momaqaldiroq qayd etildi

Eng kuchli momaqaldiroq qayd etildi

Foto: «Nasa»

Hindistonlik olimlar manfiy elektr zaryadiga ega beqaror elementar zarralar — myuonlar yordamida kuzatuvlar tarixidagi eng kuchli momaqaldiroqni aniqlashdi. Hindlar buning uchun «GRAPES-3» teleskopidan foydalanishdi.

«Rekordchi momaqaldiroq» yuzaga keltirgan elektr zaryadi kuchi — 1,3 mlrd. volt (GV).

Myuonlar elektronlarga juda o‘xshagani bilan, ulardan anchayin og‘ir, shu bois ularning tahlili olimlarga aniq hisob-kitob qilishda qo‘l keldi.

Teleskop odatda bir daqiqada 2,5 milliontagacha myuonlarni qayd etadi, biroq momaqaldiroq paytidan vaziyat o‘zgaradi. Buni to‘g‘rilash uchun olimlar kuzatuv jamlanmasiga elektr maydoni monitorlarini ham qo‘shishdi va keyin tutilgan myuonlar fluktuatsiyasini (tebranishini) o‘lchash yo‘lini topishdi va ularni ideal o‘lchov asbobiga aylantira olishdi.

Biroq bu bitta chaqmoq shuncha elektr energiyasiga egaligini anglatmaydi. Voltlar uchun elektr maydonining qanchalik kuchliligi muhim, negaki musbat zaryadlangan suv molekulalari doim bulutning tepasiga intiladi va aksincha, manfiy zaryadga ega muz uning quyi qismida to‘planadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring