Endi Xitoy ham Marsni «zabt» etishni boshladi
Xitoyning Marsda izlanishlar olib borish maqsadida uchirgan «Tianven-1» havo kemasi muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda Sinxua axborot agentligiga tayanib TASS xabar bermoqda.
Agentlik xabariga ko‘ra, Xitoy birinchi marta boshqa sayyoraga kosmik kemasini qo‘ndirdi. «Chjujun» deb nomlangan Marsoxod tuproq, ionosfera va sayyora iqlimini o‘rganadi.
«Tianven-1» avtomatik sayyoralararo stansiyasi 2020 yil 23 iyulda Xitoyning janubidagi Xaynan provinsiyasida joylashgan Venchan kosmodromidan «Chanchjen-5» raketasi yordamida fazoga uchirilgan edi. Fevral oyida u Mars orbitasiga yetib bordi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter