Elektr energiyasi bo‘yicha Afg‘onistonning O‘zbekistondan qarzi ma’lum bo‘ldi
Afg‘onistonning DABS energetika kompaniyasi elektr energiyasidan foydalanish bo‘yicha o‘ziga qo‘shni davlatlardan qancha qarzi borligi ma’lum bo‘ldi.
Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, mamlakatning umumiy qarzdorligi 62 million dollarga yetgan. Shundan 9,9 mln. dollar qismi O‘zbekistonga tegishli.
Eng ko‘p qarzdorlik Erondan — 25 mln. dollar. Shuningdek, Tojikistondan 11,1 mln., Turkmanistondan 5 mln. dollar qarzi bor. Afg‘on hukumati qarzlarni so‘ndirish bo‘yicha BMTdan ham yordam so‘ragan.
5 oktyabr kuni DABS O‘zbekiston, Eron, Tojikiston va Turkmanistonga elektr energiyasini uzib qo‘ymaslikni iltimos qilib noma yuborgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter