Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonning ikki sobiq prezidenti qidiruvga berildi

Qirg‘izistonning ikki sobiq prezidenti qidiruvga berildi

Foto: 1zoom.ru

Qirg‘izistonning sobiq prezidentlari Asqar Akayev va Qurmanbek Bakiyev qidiruvga berildi, deya xabar bermoqda 24.kg nashri.

Sobiq prezident Asqar Akayev Kanadaning Kameko kompaniyasi bilan shartnoma tuzishda mansab vakolatini suiiste’mol qilganligi uchun qidiruvga berilgan. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sobiq bosh vazirlar Tursunbek Chingishev va Apas Jumagulov va «Qirg‘izaltin»ning sobiq rahbari Dastan Sarigulovga nisbatan tergovlar to‘xtatilgan. Bunga ish muddatining cho‘zilib ketgani sabab qilib keltirilgan. 

Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Asqar Akayev 2005 yilgi inqilob natijasida ketgan bo‘lsa, Bakiyev bunday taqdirga 5 yildan so‘ng duchor bo‘lgandi. Akayev Rossiyadan, Bakiyev esa Belarusdan qo‘nim topgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring