Dushanbeda aravachadagi qizlar o‘rtasida go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tadi
![Dushanbeda aravachadagi qizlar o‘rtasida go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tadi](https://static.xabaruz.com/crop/1/9/720_460_95_1939951018.jpg)
Dushanbeda 3 dekabr, Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan qator tadbirlarga start beriladi.
Kongress doirasida So‘g‘d va Xatlon viloyatlari, Tog‘li Badaxshon avtonom viloyati va respublika tumanlaridan nogironligi bo‘lgan qizlar o‘rtasida «Mustaqillik go‘zali 2018» respublika tanlovi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Asia Plus» xabar berdi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/3/720__oiCMSQ_oQWRVaA6SOOPlMkhc6fOQ2PRW.jpg)
Tanlovda nogironligi bo‘lgan ayollar jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘la olishi mumkinligini ko‘rsatishni maqsad qilgan 12 nafar tojik qizlari ishtirok etadi.
Qizlar atrofdagilar e’tiborini ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik, nogironligi bo‘lgan ayollarni jamiyatdan ajratib qo‘yish masalalariga qaratishmoqchi, deydi tashkilotchilar.
![](https://static.xabar.uz/uploads/3/720__P19FZjv3TQsoYa9w1hEUros-HIAWE50z.jpg)
Milliy kongress doirasida, shuningdek, imkoniyati cheklangan o‘zbek rassomi Jasur Jumayevning mahorat maktabi ham bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari «Zulmatga sayr» nomli dars bo‘lib, unda xohlovchilar ko‘zi ojizlar hayotini bir muddatga his qilishlari mumkin bo‘ladi.
Uch kun davomida imkoniyati cheklangan insonlar tomonidan tayyorlangan hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter