Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning sobiq uchinchi boyi ustida «qora bulutlar»

Dunyoning sobiq uchinchi boyi ustida «qora bulutlar»

Gautam Adani.

Foto: Smartpress

Osiyo va Hindistonning eng boy odami (jahonda 3-o‘rinda edi...) — Gautam Adaniga qarashli Adani Group kompaniyasi uch kuni ichida $72 mlrd.ga arzonlashdi, deb xabar berdi Bloomberg.

Qimmatbaho qog‘ozlar qiymati quyidagi taxlit pasaydi: Adani Total Gas — 20 foiz, Adani Transmission — 15 foiz, xoldingga qarashli eng yirik kompaniya: Adani Enterprises — 2 foiz.

Hammasi o‘tgan hafta Hindenburg Research investitsiya-tadqiqotlar kompaniyasi Adani Group konglomeratini ko‘p sonli moliyaviy buzg‘unchiliklarda ayblaganidan so‘ng boshlandi.

Ayblov e’lon qilingan sana — 27-yanvarda Adani, Forbes talqiniga ko‘ra, $96,6 mlrd boylikka ega edi, hozir bu raqamlar $88,2 mlrd.ni tashkil etyapti — u reytingda 7-o‘ringa sho‘ng‘idi.

Hindenburg Researchning da’volari g‘irt bo‘hton va tovlamachilik ekanini iddao qilgan Adani Group 413-sahifali maxsus hisobotini chiqardi.

Bosh vazir Narendra Modi bilan orasi qalin Gautam Adanining biznesi shunchalik ulkanki, uning inqirozi bevosita Hindiston iqtisodiyoti inqiroziga olib kelishi, hatto mamlakatda siyosiy muvozanatni izdan chiqarib yuborishi mumkin. Hindistonning eng boy odamlari: Gautam Adani va Mukesh Ambani, xuddi Modi singari — gujarotliklar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring