Dunyoning eng keksa ayoli: «Uzoq umr ko‘rish balki inson uchun jazodir»
![Dunyoning eng keksa ayoli: «Uzoq umr ko‘rish balki inson uchun jazodir»](https://static.xabaruz.com/crop/3/1/720_460_95_3143460381.jpg)
Angliyaning «Daily Mail» portali dunyodagi eng keksa ayol Chechenistonda yashovchi 129 yoshli Koku Istanbulova ekanini qayd etdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Mahalliy matbuotga intervyu bergan ayol: «Bunday ko‘p yashashning siri nimadaligini o‘zim ham bilmayman. Yana bir necha kundan keyin tug‘ilgan kunimni nishonlayman. Bilmayman, uzoq umr ko‘rish balki inson uchun jazodir», degan.
Uning pasportiga 1889 yil 1 iyunda tug‘ilganligi yozilgan. Koku Istanbulova Ikkinchi jahon urushi tugaganida 55, SSSR parchalanganida esa 102 yoshda edi.
Koku Istanbulova Ikkinchi jahon urushini yaxshi xotirlaydi. U o‘sha paytda Qozog‘iston va Sibirga surgun qilingan ekan. Shu bois u mudom qayg‘uda yashaganini aytadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter