Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng notoza odam yuvintirishganidan keyin o‘lib qoldi

Dunyodagi eng notoza odam yuvintirishganidan keyin o‘lib qoldi

Eronlik zohid Amu Hoji 94 yoshida vafot etdi. U dunyodagi eng notoza odam, sifatida tanilgandi. So‘nggi 63 yilda cho‘milish tugul, biron marta yuz-qo‘lini ham chaymagan.

U Fors viloyatining Dega qishlog‘ida yashagan. Nafaqat suv va sovun, balki yangi oziq-ovqatlar ham uning dushmani edi. Zohidning fikricha, tozalikka rioya qilmaslik uni turli mikroblardan asragan.

Bir necha yillar avval mahalliy odamlar uni tutib olib, daryoda cho‘miltirishmoqchi bo‘lishgan. Mashinaga bosib ketishayotganida, o‘zini otib yuborib, qochib qolgan.

Bir necha oy oldin ham qishloq odamlari uni tutib olishdi. Bu safar darveshning omadi kelmadi. Aytishlaricha, cho‘miltirib bo‘lishganidan keyin, u kasal bo‘lib qolib, ko‘p o‘tmay vafot etgan.

O‘sgan tirnoqlarini toshda silliqlab, soqolini olovda tekislovchi bu odam haqida 2013-yilda hujjatli film suratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring