Dunyodagi eng keksa erkak vafot etdi
Venesuela fuqarosi Xuan Visente Peres Mora 115 yoshida vafot etdi. U sayyoramizdagi eng keksa erkak kishi hisoblangan. Peres Mora vafot etganini mamlakat prezidenti Nikolas Maduro e’lon qildi.
Prezident Maduro marhumning oila a’zolariga va u yashagan El-Kobre shaharchasi aholisiga hamdardlik bildirdi.
Mavzuga doir: 120 yilgacha umr ko‘rish uchun...
Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan Xuan Visente Peres Mora 114 yil va 339 kun yashagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘limi nafas yo‘llaridagi muammo bilan bog‘liq.
Aytishlaricha, Xuan Visente Peres Mora tinmay mehnat qilgan, erta yotib dam olishni ham unutmagan. «Bobomiz doim ibodatda bo‘lib, ko‘p suv ichardilar, deyishdi nevaralari.
Xuan Visente Peres Mora 1909-yili El-Kobreda tug‘ilgan, butun umri shu yerda o‘tdi. 11 farzand, 41 nevara, 13 evara ko‘rgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter