Dubayda eng yirik arab developerining osmono‘par binosi yonib ketdi
Dubayda arab dunyosining eng yirik ishlab chiqaruvchisi Emaarning osmono‘par binosi yonib ketdi.
Guvohlarning xabar berishicha, yong‘in shahar markazida sodir bo‘lgan, deyarli butun osmono‘par bino yongan. Hodisa tafsilotlari, jarohatlanganlar yoki halok bo‘lganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Xitoyning China Telecom kompaniyasining idorasi bo‘lgan 42 qavatli osmono‘par binoda yong‘in chiqqan edi. Yong‘in tezda balandligi 200 metrdan ziyod bo‘lgan binoni qamrab olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter