Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Tramp Shimoliy Koreya AQSh mahbuslarini ozod etganini aytdi

Donald Tramp Shimoliy Koreya AQSh mahbuslarini ozod etganini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya amerikalik 3 nafar mahbusni ozodlikka chiqarganini «twitter» sahifasi orqali e’lon qildi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Ozodlikka chiqarilgan mahbuslar AQSh tashqi ishlar vaziri Mayk Pompeoning samolyotida Amerikaga yetib kelgan.

Mayk Pompeo Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisining uchrashuvini maslahatlashish uchun Pxenyanga borgan edi. Rasmiy Pxenyan ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi Shimoliy Koreya poytaxtida o‘tishini Mayk Pompeoga ma’lum qildi.

Mahbuslar AQSh tashqi ishlar vazirining Pxenyanga ikkinchi tashrifi doirasida ozod qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring